

Gap bo'laklari sanalmaydigan birliklar
Presentation
•
English
•
University
•
Practice Problem
•
Hard
Shermat Umarov
Used 6+ times
FREE Resource
9 Slides • 0 Questions
1
MAVZU:GAP BO'LAKLARI SANALMAYDIGAN BIRLIKLAR
2
1-topshiriq. Quyidagi so‘z va birikmalarni undalma vazifasida qo‘llab gaplar tuzing. Tuzgan gaplaringizda unalmaning o'rnini izohlang.
1-variant. Sirdoshim,mehribon otam, go‘zal qiz, og‘ayni, azizim
2-variant. Inson bolasi, xalqim, ey ko‘ngil, hamshahrim
3-variant. Hissiz odam, elim, hasharchi do‘stlar, ey qalbi pok go‘dak, zolim dunyo
3
2-topshiriq. She’riy parchalarda qo‘llangan undalmalarga izoh bering.
Jilg‘alar bo‘yiga cho‘kkan guloyim,
Bulbulning patidan barging muloyim.
Burchga sadoqatli ey fidoyilar,
Pokligingiz Sizga ko‘zmunchoq bo‘lsin! (M.Yusuf)
Yolg‘onchi yor, yolg‘onlaring tugar qachon,
Yolg‘on yig‘lab, kuyganlaring tugar qachon. (M.Yusuf)
4
Uch, mening yuragim, jismim olib uch,
Pillapoyalarga bosmayin qadam. (Zulfiya)
Gullar sochding men ilk bosgan qadamga
Bag‘ring menga nurli koshona bo‘lib.
Jahon ichra mening tengsiz jahonim,
O‘zbekistonim. (E.Vohidov)
5
3-topshiriq. Har bir gapning egasini undalmaga aylantirib, gapni qayta tuzib ko'chiring, zarur tinish belgilarini qo'ying.
1. Talabalar badiiy asarlarni muntazam ravishda o'qib turibdi. 2. Dildora maqola yozishni o'rganyapti. 3. O'g'lim xushfe'l va xushmuomala. 4. Talabalar gazeta va jurnallarga obuna bo'lyapti. 5. G'ani xolasini bekatgacha kuzatib qo'ydi.
6
4-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga berilgan kirish qurilmalardan mosini va zarur o‘rinlarga tinish belgilarini qo‘yib ko‘chiring.
1. Jahl ustida urishib qolgan bo'lsangiz ... yarashib qolarsiz. 2. ….ular endigina zavoddan chiqqan bo'lsa kerak, bo'yoq isi gupillab dimoqqa urib turibdi. 3…….surat bor-u, siyrat yo'q.Siyratsiz tana o'lik emasmi? 4. Zokir ota ... juda tajribali paxtakor, qo'li gul odam. 5....bu umid ham bo'sh chiqdi. 6. …..zebra, qo'tos, begemot, fil va ohularning ko'p turi tarqalgan. 7. ... Qoratoy aka, Shokir ota, butun kulfatlar turmushning yomon tuzilganidan keladi.
Kirish qurilmalar: ehtimol, menimcha, baxtga qarshi, shubhasiz, ayniqsa, xullas,aftidan
7
5-topshiriq. Berilgan kirish qurilmalarni “Uslubiy betaraf kirish qurilmalar” va “Uslubiy xoslangan kirish qurilmalar” ga ajratib yozing.
Xabar qilishlaricha, shaksiz, fikri ojizimcha, shubhasiz, albatta, shukrki, ularning ta’kidlashicha, ehtimol, avvalambor, darhaqiqat, bayon qilinishicha, ma’lumki, uning fikricha, shekilli, e’tirof etishlaricha, modomiki, darvoqe, aksincha, tavba, ajabki, qisqasi.
8
6-topshiriq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga nisbatan izoh munosabatini hosil qiluvchi kiritmalarni qo‘llab, gaplarni namunada ko‘rsatilganidek ko‘chiring.
NAMUNA: Kelgan bola past bo‘yli ekan (o‘tirganida novcha ko‘ringan edi)
1. Aliyev shu xayoli bilan odamlar haqida noto‘g‘ri o‘ylayotganini bilsa ham, o‘zini alam va jahldan tiyolmasdi.
2. Kifoyatxon u bilan olti yil umr qilibdi (A.Qahhor).
3. Zina maydonchasining paneli loyihadalifidan roppa-rosa bir qarich kalta bo‘lsa, qandoq montaj qilamiz.
4. Bu qishloqning suvi toza, zamini unumli, havosi yoqimli, dehqonlarining qo‘li barakali ekan.
5. Bu yerning xalqi sodda, dolvor kishilar(S.Ahmad)
6. Oqposhsho ( )yerdan bir siqim tuproq oladi.
7. Qizi bir qadam berida to‘xtadi.
8. NAvbatda turib ikki kilo limon oldim.
9
7-topshiriq. Kirish qurilmalarning quyidagi semnatik turlariga mos misollar tuzing.
1. Fikrning tartibi
2. Achinish munosabati
3. Tasdiq munosabati
4. Gumon munosabati
5. Fikrning kimga qarashli ekanligi
MAVZU:GAP BO'LAKLARI SANALMAYDIGAN BIRLIKLAR
Show answer
Auto Play
Slide 1 / 9
SLIDE
Similar Resources on Wayground
8 questions
Bahasa Perancis
Presentation
•
University
6 questions
analyse réflexive
Presentation
•
University
8 questions
Rutinas diarias
Presentation
•
KG
6 questions
Teoría del juego
Presentation
•
University
6 questions
Como lograr un déficit calórico saludable
Presentation
•
University
6 questions
La educacion
Presentation
•
University
7 questions
Resumen académico
Presentation
•
University
8 questions
Đại hội VI
Presentation
•
University
Popular Resources on Wayground
24 questions
PBIS-HGMS Day 10
Quiz
•
6th - 8th Grade
10 questions
HCS SCI 03 Summer School Review 3
Quiz
•
3rd Grade
11 questions
Home Scope
Quiz
•
7th - 8th Grade
15 questions
HCS SCI 05 Summer School Assessment 3 Review
Quiz
•
5th Grade
35 questions
Lufkin Road Middle School Student Handbook & Policies Assessment
Quiz
•
7th Grade
18 questions
Geo 11.3 Area of Circles and Sectors
Quiz
•
9th - 11th Grade